31 okt 18:15
Yangiliklar

O'zbekiston ayollar (U-19) terma jamoasi Osiyo chempionatiga chiqdi
Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhning so'nggi o'yinida Xitoy Taypeyi futbolchilariga qarshi maydonga tushdi. Aynan mana shu o'yin kelasi yili Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatining final bosqichiga yo'l oladigan jamoa nomini aniqlab berdi.
Boisi, har ikkala terma jamoa ham dastlabki ikki turda g'alaba nashidasini surishgan edi. Bahrom Norsafarov shogirdlariga g'alaba keltirgan yagona gol 24-daqiqada Maftuna Panjieva tomonidan penaltidan kiritildi.
SHu tariqa, O'zbekiston yoshlar terma jamoa to'rtinchi marta Osiyo chempionatida qatnashadi. 2002, 2004 va 2015 yillarda qita chempionatida ishtirok etgan jamoa guruh bosqichidan chiqa olmagan edi. Osiyo chempionati 2017 yilning avgust oyida Xitoy mamlakatida bo'lib o'tdi.
Fikrlar