So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

27 sen 18:10
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston - BAA. Terma jamoamiz g'alaba bilan boshladi

Vetnamning Da Nang shahrida sohil sport turlari bo'yicha Osiyo o'yinlari davom etmoqda.

Ushbu musobaqada plyaj, yani sohil futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Ahad Yusupov shogirdlari ilk uchrashuvda BAA terma jamoasini penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etishdi.

O'yinning asosiy vaqtida 3:3 hisobidagi jangovor durang qayd etildi. Terma jamoamiz tarkibida futzal bo'yicha jahon chempionatidan tashqarida qolgan Jamoliddin SHaripov dublga erishdi. Yana bir gol Feruz Faxrutdinov hisobiga yozildi.

Qo'shimcha bo'limlarda hisob o'zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa sohil futboli vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchishdi. Bu safar ham futzalchilarimiz Andrey SHlema va Faxrutdinov o'zlarini ko'rsatishdi. Futzal terma jamoamiz darvozaboni Akmal Xazratqulov esa ikkita superseyvni amalga oshirdi.

Endi terma jamoamiz chorak finalda Afg'oniston bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Bu uchrashuv 29 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Afg'onistonlik sohil futbolchilar Xitoy terma jamoasidan ustun kelishdi.

O'zbekiston BAA 3:3 (0:0, pen bo'yicha 2:0)

27 sentyabr. Vetnam, Da Nang. Osiyo o'yinlari

O'zbekiston: Akmal Xazratqulov, Ravshan Eliboev, Feruz Faxrutdinov, Sarvar SHoahmedov, Zayniddin Tojiev, Farhod Mirahmedov, Furqat Azizov, Alisher Ibragimov, Andrey SHlema, Jamoliddin SHaripov.

Bosh murabbiy - Ahad Yusupov. 


Reyting: +2   

Fikrlar

   
27 sen 20:02:53
janob eltin
Gap yoq
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing