So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

07 mar 09:02
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Butunjahon etnosport konfederaciyasi anjumanida ishtirok etdi

5-6 mart kunlari Ozarbayjon davlatining Baku shahrida Butunjahon etnosport konfederaciyasining 5-anjumani bo'lib o'tdi.

Mazkur anjuman konfedraciya prezidenti Najmiddin Bilol Erdogan raisligida o'tkazilidi va dunyoning 45 davlatidan sport delegatlari, BMT vakillari, taniqli sportchilari ishtirok etdi.

Xususan, hamyurtimiz, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov ham ushbu forum tashkilotchilari taklifiga binaon ishtirok etib, etnosport tarkibida bo'lgan belbog'li kurashimizni xalqaro miqyosda keng rivojlantirish bo'yicha nutq so'zladi.  

R. Dastirovning takidlashicha, anjuman doirasida 2022 yilning kuz faslida Turkiya davlatida o'tadigan “Ko'chmanchi  xalqlar milliy o'yinlari”da belbog'li kurash sport turini ham kiritish bo'yicha kelishuvga erishilgan.

Beshinchi bor o'tkazilgan ushbu anjumanda mutaxassislar etnosport oilasiga mansub milliy sport turlarini xalqaro darajada rivojlantirish, kelajakda qanday musobaqalar tashkil etiladi, ommalashtirish yo'lidagi barcha imkoniyatlarni ishga solish, etnosport faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish kabi qator masalalar muhokama qilindi.

SHuningdek, ko'plab davlatlarning milliy sport turalariga oid ko'rgazmali chiqishlar, videoroliklar namoyish etildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing