So’nggi yangiliklar

19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

28 avg 18:30
Yangiliklar

Boshqalar, Futbol

O'zbekiston bugun Eronga qarshi ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi

Futzal bo'yicha Jahon chempionati final bosqichi o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi yig'inini o'tkazish uchun Eronning Mashhad shahriga etib keldi.

Avvalroq xabar berilganidek, mazkur yig'in davomida 28 hamda 29 avgust kunlari Eron terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur o'yinlardan oldin har ikkala terma jamoa bosh murabbiylari matbuot anjumanida OAV vakillari bilan uchrashdilar va bo'lajak o'yinlar oldidan o'z fikrlarini bildirishdi.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes ham, Eron terma jamoasi ustozi Muhammad Nozimalshari ham mazkur o'yinlar har ikkala terma jamoa uchun ham sentyabr oyida Kolmubiyada start oladigan Jahon chempionati bahslariga tayyorgarlik jarayonini o'tab berishini takidlashdi.

Eslatib o'tamiz, aynan O'zbekiston hamda Eron terma jamoalari Toshkentda o'tkazilgan futzal bo'yicha so'nggi Osiyo chempionati finalchilari hisoblanishadi. O'zbekiston terma jamoasi mazkur qita chempionatida ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Eron terma jamoasi bir necha yillik tanaffusdan so'ng Osiyoning eng kuchli jamoasi nomini yana o'zlariga qaytarib olishgan edi.

Malumot uchun, Eron hamda O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi ilk uchrashuv 28 avgust kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuvi mahalliy vaqt bilan 17:00 (Toshkent vaqti bilan 17:30)da boshlanadi.

Eronga qarshi ilk o'yin oldidan o'tkazilgan mashg'ulotlarda Xose Mariya Mendez turli xil taktik sxemalarni sinovdan o'tkazdi va asosiy etiborini qarshi hujumga qaratdi. Toshkentda OAV vakillari bilan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida terma jamoa bosh murabbiyi mazkur taktikani Jahon chempionati bahslarida ham sinovdan o'tkazishini aytib o'tgan edi.

Boisi, guruh bosqichidagi raqiblar – Kolumbiya, Portugaliya hamda Panama terma jamoalari asosiy etiborini hujumga qaratadigan jamoalar toifasiga kiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing