So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

09 sen 14:18
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston butunjahon ko'chmanchi xalqlar o'yinlarida jami 33 ta medalni qo'lga kiritdi

O'zbekiston terma jamoasi azolari butunjahon ko'chmanchi xalqlar o'yinlarida 33 ta medalni qo'lga kiritishdi.

Qirg'iziston Respublikasining CHo'lpon-Ota shahrida bo'lib o'tayotgan Butunjahon ko'chmanchi xalqlar o'yinlarining beshinchi kunida sportchilarimiz kurash va sambo bo'yicha ham bahslarga kirishgani, kurashchilarimiz Muxriddin Tilovov (-66kg) va Temurxon To'raev (-81 kg) o'yinlarning oltin medalini qo'lga kiritishgani hamda ko'pkarichilarimiz final chiqishgani haqida xabar bergan edik.

O'yinlarning ko'pkari bo'yicha final bahslarida Qirg'iziston jamoasi bilan kuch sinashgan jamoamiz mezbonlarga 32:9 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo'lga kiritdi. Ko'pkari bellashuvlarida 11 ta davlatdan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etib, O'zbekiston jamoasi Boshqirdiston, Franciya va Qozog'iston jamoalarini mag'lubiyatga uchrata oldi.

Sambo bo'yicha o'tkazilgan bahslarda ham vakillarimiz salmoqli natijalarni qo'lga kiritishdi. Yurtdoshlarimiz Davlat Samraev (-62 kg), Bekzod Karimov mutlaq vazn toifasida oltin medal bilan taqdirlangan bo'lsa, Omon G'aniev (-52kg), SHerbek Ro'ziev (-68kg) kumush medalga sazovor bo'ldi.

SHunday qilib, mazkur o'yinlardan ilk bora rasman ishtirok etayotgan O'zbekiston sport delegaciyasi yakuniy natijalarga ko'ra jami 33 ta medalni (7 ta oltin, 8 ta kumush, 18 ta bronza) qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida beshinchi o'rinni egalladi .

O'zbekiston delegaciyasi 13 ta sport turi bo'yicha 58 nafar sportchi bilan ishtirok etib, kurash, sambo, gyulesh (Azarbayjon kurashi), ashirtmali aba gyuleshi (Turkiya kurashi), alish kurashi (Qirg'iziston kurashi), qirg'iz kurashi, armrestling, mas-restling, lochin ovi, uloq ko'pkari, otda engish turlari bo'yicha medallarni qo'lga kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing