20 apr 13:42
Yangiliklar
Xokkey

O'zbekiston chempion bo'lgan Jahon chempionatining IV divizionida yakuniy turnir jadvali qay holatda?
Kecha xokkey bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining IV divizion bellashuvlari nihoyasiga etdi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi 13 ochko bilan musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi. Xokkeychilarimiz so'nggi turda Malayziyani 18:3 hisobida mag'lub etdi.
Turnir mezboni bo'lmish Armaniston esa Indoneziya termasini 14:1 hisobida taslim etgach, ikkinchi o'rinni saqlab qoldi. Bronza medallari esa Quvayt termasiga nasib etdi. Uchinchi turda Armanistonni engib, O'zbekistonga katta yordam berib yuborgan quvaytliklar so'nggi bellashuvda Eronni 11:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
SHunday qilib, musobaqa yakunlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi yuqoriladi va keyingi mavsumni III B divizionida o'tkazadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar