05 dek 13:30
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/6412_220.jpg)
O'zbekiston chempioni yanvarda “Zenit” bilan o'ynaydi
Ushbu mavsum yakunlariga ko'ra, O'zbekiston chempionligi va Kubogini qo'lga kiritgan “Lokomotiv” yangi mavsumga tayyorgarlikni 21 dekabrdan boshlaydi.
Hozir jamoa futbolchilari tatilda va 21 dekabrdan boshlab mashg'ulotlarga kirishishadi. Dastlabki yig'in Toshkentda bo'lib o'tadi. Yangi yildan keyin esa “temiryo'lchilar” Dubayga yo'l olib, o'sha erda mashg'ulot olib borishadi.
Dubaydagi yig'in davomida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish ko'zda tutilgan. SHulardan biri Rossiyaning “Zenit” klubiga qarshi bo'lib o'tadi. Bu o'yin 20 yanvarga mo'ljallangan. 16 yanvardagi raqib esa yaqin orada malum bo'ladi.
Havola :
Manba : lokomotiv.uz
Fikrlar