19 okt 10:45
Yangiliklar

O'zbekiston chorak finalda Yaponiya, Qatar yoki Eron bilan o'ynaydi
Xabar berganimizdek, Jasur Abduraimov boshchiligidagi yoshlarimiz 2-turda Avstraliyani mag'lub (3:2) etib, guruhda muddatdan avval birinchi o'rinni naqd qildi.
CHorak finalda O'zbekiston yoshlari “C” guruhida ikkinchi o'rinni olgan jamoa bilan to'qnash kelishadi. Ayni paytda 2-turdan so'ng bu guruhda Yaponiya va Qatar 4 ochkodan, Eron esa 2 ochko to'plagan. Nol ochkoga ega Yaman guruhdan chiqa olmasligi aniq bo'lib ulgurgan.
So'nggi turda Eron Yaman bilan, Qatar esa Yaponiya bilan o'ynaydi.
3-tur, 20 oktyabr
Qatar - Yaponiya
Yaman - Eron
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi chorak final uchrashuvini 24 oktyabr kuni “Xalifa Sport Siti” stadionida o'tkazadi. Undan oldin 21 oktyabr kuni guruh bosqichining 3-turida Xitoy bilan rasmiyatchilik uchun bahs bo'lib o'tadi.
Fikrlar