19 iyu 08:01
Yangiliklar
O'zbekiston delegaciyasi Butunjahon o'yinlarini 2 ta medal bilan yakunladi
Nufuzli musobaqada 110 mamlakatdan 3 600 nafardan ortiq atlet g'oliblik uchun bahs olib borishdi.
O'zbekiston delegaciyasi ushbu musobaqaga 5 nafar sportchi bilan ishtirok etdi. Hamyurtlarimiz orasida dastlab karatechimiz Doston Otabolaev tatamiga chiqdi. -75 kg vazn toifasida jang olib borgan 2021 yilgi jahon chempioni yakunda bronza medali bilan taqdirlandi.
SHuningdek, Indoneziyada o'tgan 2018 yilgi Osiyo o'yinlarida kumush medalga sazovor bo'lgan u-shuchi qizimiz Darya Latisheva bu gal ham shohsupaning ikkinchi pog'onasiga ko'tarildi.
Afsuski, musobaqada badiiy gimnastikachimiz Ekaterina Fetisova, jiu-jitsuchi Bahrom Mashrapov hamda muay-tay ustasi Fanat Qahramonga biroz omad etishmadi. SHu tariqa, delegaciyamiz Birmingemda 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Navbatdagi Butunjahon o'yinlari 2025 yilda Xitoyning CHengdu shahrida o'tkaziladi.
Fikrlar