27 iyu 19:36
Yangiliklar
O'zbekiston delegaciyasi Parij Olimpiadasining ilk kunini medalsiz yakunlaydigan bo'ldi
Biroq ularning barchasi imkoniyatni boy berdi.
Jumladan, dzyudochimiz Doston Ro'ziev (60 kg) ilk bosqichda mag'lub bo'lgan bo'lsa, Halimajon Qurbonova (48 kg) nimchorak finalda musobaqa bilan xayrlashdi.
SHuningdek, 20 yoshli suzuvchimiz Anastasiya Zelinskaya 400 metrga erkin usulda suzish dasturida saralashdan o'ta olmadi. Mazkur dasturning erkaklar o'rtasidagi bellashuvida esa Ilya Sibircevdan omad yuz o'girdi va u ham final bosqichiga o'ta olmadi.
Bugungi kun doirasida medal uchun so'nggi davogar — Olga Zabelinskaya individual vaqt uchun alohida start dasturida ishtirok etib, 35 nafar sportchi orasida 23-natijani qayd etdi.
SHu tariqa, Olimpiadaning dastlabki kunini delegaciyamiz medalsiz yakunlaydigan bo'ldi.
Fikrlar