So’nggi yangiliklar

10:20Рафинья сафга қайтишга яқин 0 09:59Тошкент илк бор велотрек бўйича Осиё чемпионатига мезбонлик қилади 0 09:38Вальтер Уокер акаси Жонни Уокерга "вызов" ташлади 0 09:17European Open 2026. Медаллар жамғариш бўйича 1-ўриндамиз! 0 08:56"Реал" "Реал Сосьедад"га имконият қолдирмади 0 08:35Даниил Ейбог 1500 метр масофадаги баҳсларни нечанчи ўринда якунлади? 0 08:14Топурия Махачев учун навбатдаги рақиб бўлмайди 0 07:53Европа Кубогининг илк куни 3 та медаль қўлга киритдик + ФОТО 0 07:32А Серия. Миланда драма: қизил карточка, 5 та гол - "Derby d'Italia"да "Интер" ғолиб! 0 07:11FIDE Freestyle Chess Жаҳон чемпионати. Абдусатторов Карлсенга, Синдаров Эргаисига қарши ўйнади 0 02:09Даниил Ейбог Олимпиада ярим финалида стартга чиқди 0 00:55Қишки Олимпиада. Даниил Ейбог ярим финалга йўл олди 0 00:05УЕФА президенти Қозоғистонда сайланади 0 19:42Қишки Олимпиада. Тоғ чанғичиси Медет Назаров гигант слалом дастурини топ-50да якунлади 0 19:19Ўзбекистон яна бир спорт тури бўйича Осиё чемпионати мезбонлигини қўлга киритди 0

31 mar 12:17
Yangiliklar

Qishki sport turlari

O'zbekiston delegaciyasining Milan va Kortina d'Ampecco-2026 qishki Olimpiadasiga yo'llanmalari soni yana bittaga ko'paydi

2026 yilning 6-22 fevral kunlari Italiyaning Milan va Kortina d'Ampecco shaharlarida XXV qishki Olimpiya o'yinlari tashkil etiladi.

Bir necha kun ilgari O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi turnir uchun ilk yo'llanmaga ega chiqqandi. Juftlik yo'nalishidagi figurali uchuvchilar Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigiryov Jahon chempionatida kuchli o'nlikka kirish orqali o'yinlar yo'llanmasini taqdim etdi.

Ahamiyatlisi, delegaciya Olimpiya o'yinlari uchun yana bir licenziya ega chiqdi. Bu haqda Wikipedia'ning ingliz xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, O'zbekiston tog' chang'isi sportida erkaklar uchun bitta yo'llanmaga ega chiqqan. Hozircha O'zbekiston MOQ matbuot xizmati bu bo'yicha rasmiy malumot bermadi.

Eslatib o'tamiz, 2022 yilda Pekinda bo'lib o'tgan so'nggi qishki Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston nomidan faqatgina bir nafar tog' chang'ichisi Komiljon To'xtaev ishtirok etgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing