29 iyu 14:44
Yangiliklar
Futbol, Parij-2024
O'zbekiston Dominikan Respublikasiga qarshi ko'k libosda o'ynaydi
Futbol bo'yicha O'zbekiston U-23 terma jamoasi ertaga Dominikan Respublikasiga qarshi o'yin o'tkazadi.
Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz ko'k libosda harakatlanadi. Uchrashuvni esa sudanlik bosh hakam Ismoil Mahmud boshqarib boradi. Unga qanotlarda Elvis Noupu (Kamerun) va Ahmad Liban (Jibuti) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Kim Youjungga (Koreya Respublikasi) topshirilgan.
Eslatib o'tamiz, Dominikan — O'zbekiston o'rtasidagi o'yin 30 iyul soat 18:00 da “Park de Prens” stadionida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : UFA
Fikrlar