29 okt 15:33
Yangiliklar
O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan Xalqaro dzyudo kuni keng nishonlandi FOTOREPORTAJ
Bayramona ruhda o'tgan tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi masullari, murabbiylar, dzyudochilar, ularning ota-onalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
"Tinchlik" shiori ostida o'tkazilgan bu yilgi tadbir doirasida daraxt ham ekildi. Diyora Keldiyorova, Davlat Bobonov, Alisher Yusupov, Muzaffarbek To'raboev singari Olimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlari kelajak avlod uchun erga nihol qadashdi. Ko'chat yoniga uning muallifi ham yozib qo'yildi.
Yosh dzyudochilarning ko'rgazmali chiqishlari tadbiriga o'zgacha kayfiyat bag'ishladi. Ananaga ko'ra bayram torti mehmonlarga ulashildi. Diyora Keldiyorova yosh dzyudochilar bilan birga suratga tushdi, ularning quvonchiga sherik bo'ldi.







































Fikrlar