11 dek 16:11
Yangiliklar
O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo chempionatini 8 ta oltin medal bilan yakunladi
Bugun musobaqaning so'nggi kunida erkaklar o'rtasidagi final bellashuvlari bo'lib o'tdi. Vakillarimiz finalga 10 nafar bokschi bilan etib kelgandi. Ularning 8 nafari g'alabaga erishgan bo'lsa, 2 nafar hamyurtimiz imkoniyatni boy berib, yurtimizga kumush medal bilan qaytadigan bo'ldi.
O'zbekiston erkaklar terma jamoasi musobaqa yakuniga ko'ra, 8 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
G'olib va sovrindorlarimiz ro'yxati bilan tanishing:
Oltin:
-48 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev
-51 kg: Asilbek Jalilov
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov
-67 kg: Mujibillo Tursunov
-71 kg: Havasbek Asadullaev
-75 kg: Javohir Ummataliev
-80 kg: To'rabek Habibullaev
Kumush:
-54 kg: SHahzod Muzafarov
-86 kg: Jasurbek Yo'ldoshev
Bronza:
+92 kg: Jahongir Zokirov.
Erkaklar o'rtasidagi bahslarda Qozog'iston terma jamoasi 4 ta oltin, Tojikiston terma jamoasi esa 1 ta oltin medal bilan kuchli uchlikni tashkil etishdi.
Fikrlar