10 sen 13:30
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/44976_220.jpg)
O'zbekiston - Eron. Bugun Toshkentda Kuper va Keyrush ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi
Xabaringiz bor, 11 sentyabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Mazkur uchrashuv oldidan bugun 10 sentyabr kuni “International” (sobiq "Interkontinental") mehmonxonasining matbuot anjumanlari zalida har ikki terma jamoa bosh murabbiylari - Karlos Keyrush va Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Anjuman soat 15:00da boshlanadi. Bugun soat 17:00da O'zbekiston milliy terma jamoasi "Milliy" stadionda mashg'ulot olib boradi. Akkreditaciyadan o'tgan jurnalistlar uchun mashg'ulotning 15 daqiqasi ochiq. Soat 19:00da esa "Milliy" stadionda Eron terma jamoasi mashg'ulot olib boradi.
Eslatib o'tamiz, muxlislar O'zbekiston - Eron uchrashuvi chiptalari "Milliy" stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin. CHiptalar savdosi davom etmoqda.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar
Мен, Навоий вилояти, Учкудук шахрида яшайман. Ёки шу газетани каердан топсам булади? Хабар килинглар илтимос...
Мен, Навоий вилояти, Учкудук шахрида яшайман. Ёки шу газетани каердан топсам булади? Хабар килинглар илтимос...