19 avg 14:40
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston - Eron uchrashuvi oktyabr oyiga ko'chirildi
FIFAning 2020 yil 18 avgust kuni O'FAga yuborgan rasmiy xatiga muvofiq, joriy yilning sentyabr oyidagi FIFA kunlari 2022 yil yanvar oyigacha qoldirildi.
SHu sababli, Eron futbol federaciyasining iltimosiga binoan, O'zbekiston - Eron o'rtoqlik uchrashuvi 7 sentyabrdan 7 oktyabr sanasiga ko'chirildi.
Biroq O'zbekiston milliy terma jamoasining sentyabr oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'ini rejalashtirilganidek o'tkaziladi.
SHu sababli, Tojikiston futbol federaciyasi bilan kelishilgan holda O'zbekiston - Tojikiston o'rtoqlik o'yini avvaldan reja qilinganidek, 3 sentyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.
Eron Suriya bilan o'ynamaydigan bo'ldi, O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik o'yinichi?
Havola :
Manba : ЎФА матбуот хизмати
Fikrlar