06 okt 20:05
Yangiliklar

O'zbekiston Eronga mag'lub bo'ldi va 3-o'ringa tushib ketdi
O'yinning dastlabki daqiqalari Eronning ustunligi ostida o'tdi. Mehmonlar bir nechta vaziyatlar yaratishdi. O'yinning 26-daqiqasida Masud SHojayi jarima to'pini amalga oshirdi, Jalol Hussayni esa boshi bilan darvozani ishg'ol qilib, hisobni ochdi - 0:1.
Bu vaziyatda Islom To'xtaxo'jaev umuman keraksiz holatda qoidani buzdi va buning natijasida jarima zarbasi belgilandi. Qolgan daqiqalarda futbolchilarimizga mehmonlar darvozasini ishg'ol qilish nasib qilmadi.
O'ZBEKISTON – ERON 0:1 (0:1)
6 oktyabr 2016. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni
Gol: Jalol Hussayni 26, - 0:1
O'zbekiston: Aleksandr Lobanov, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, Azizbek Haydarov, Server Jeparov (Aleksandr Geynrix, 38), Sardor Rashidov (Jaloliddin Masharipov, 62), Igor Sergeev (Marat Bikmaev, 72), Otabek SHukurov, Vitaliy Denisov, Islom To'xtaxo'jaev, Eldor SHomurodov.
Eron: Alirizo Beiranvand, Ehson Xojsafi, Jalol Hussayni, Milad Muhammadi, Said Izzatullohi, Masud SHojai (Andranik Teymurian, 83), Murtazo Puraliganji, Vohid Amiri, Rizo G'uchannajod (Sardor Azmun, 63), Mehdi Taremi (Alirizo Jahonbahsh, 75), Ramin Rizoian.
Hakamlar - Benjamin Uilyams, Devid Uelsh, Natan Makdonald, Jared Jillet (barchasi Avstraliya).
Ogohlantirishlar: Aleksandr Geynrix 55, Anzur Ismoilov 65,
Fikrlar