So’nggi yangiliklar

17:28Роландо Ромеро ўз камарини Теофимо Лопесдан ҳимоя қилади 0 16:55Нурсултон Рўзибоев Рамзан Қодиров совға қилган қимматбаҳо автомобилни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 16:22"Ҳусанов "Ланс"га учаётганида: "Мени Россияга сотишади деб ўйлагандим", – дея тан олган эди" 0 15:56Хорхе Масвидаль: "Холлоуэйнинг ғалабасига уйимни тикаман" 0 15:30Махачев Россиянинг ММА рейтингидаги етакчилигига муносабат билдирди 0 14:58Конор Макгрегор: "Ҳозир фаолиятимнинг энг юқори чўққисидаман, Холлоуэйни нокаут қиламан" 0 14:34Возинья Лионель Месси билан бир жамоада бўлиши мумкин — Marca 0 14:11"Ferrari" ва "Honda Civic". UFC жангчиси Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:45Хабиб Аргентина терма жамоаси ҳақида: "Улар менга ёқмайди, лекин..." 0 13:20Умар Кремлёв: "ХОҚда бошқа чора қолмаганди" 0 12:52ЖЧ-2026`да яна бир рекорд қайд этилди 0 12:28Шанхайдаги UFC Fight Night 286 турнирининг иккинчи муҳим жанги эълон қилинди 0 11:57Макгрегор UFC 329 жанги учун янги номдаги шортиларни қабул қилиб олди + ФОТО 0 11:30Нурмагомедовнинг Шанхайдаги жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 10:56"Улар Мессининг чиқиб кетишини хоҳлашмаяпти". Миср мураббийи ФИФАни айблади 0

13 dek 18:40
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston Eronga qarshi o'ynaydi

Avvalroq, O'zbekiston milliy terma jamoasi kelasi yilning 27 mart kuni Marokash milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi xabar qilingandi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan o'tkazilgan muzokaralar natijasida, milliy terma jamoamiz Eron terma jamoasi bilan ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi borasida kelishuvga erishildi. Uchrashuv 2018 yilning 18 may kuni Eronda bo'lib o'tadi.

Malumot uchun, Eron terma jamoasi JCH saralashida O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olib, vakillarimizga qarshi uchrashuvlarda 1:0 va 2:0 hisobida g'alaba qozongan va birinchilardan bo'lib JCHga yo'llanmani qo'lga kiritgandi.

Umuman olganda, Eron terma jamoasi JCH saralashining so'nggi bosqichida 10ta uchrashuvda 6ta g'alabaga erishib, 4ta o'yinda durang qayd etgan. Biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan. Raqiblar darvozasiga 10ta gol kiritib, o'z darvozasidan bor-yo'g'i 2ta gol o'tkazib yuborgan.

Tajribali Karlush Keyrush boshchiligidagi Eron terma jamoasi so'nggi yillardagi mundiallarning doimiy ishtirokchisi hisoblanadi. 

Eron milliy terma jamoasi O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini orqali Jahon chempionatiga so'nggi tayyorgarlikni olib boradi. JCH-2018 uchrashuvlari 14 iyun kuni boshlanadi. Eron terma jamoasi Jahon chempionatida "B" guruhidan o'rin olgan bo'lib, guruhdan chiqish uchun Portugaliya, Ispaniya va Marokash terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing