14 okt 12:19
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston ertaga Singapurga qarshi qanday libosda o'ynaydi?
O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2022 saralashi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini safarda Singapurga qarshi o'tkazadi.
15 oktyabr kuni milliy jamoamiz Singapurdagi "Milliy stadion"da mazkur yurt bosh jamoasi bilan bahs olib boradi.
Ushbu o'yinda futbolchilarimiz oq-ko'k-oq rangli sport formasida maydonga tushishadi. Darvozabonimiz esa qora rangli sport libosi kiyadi. Mezbonlar esa qizil formalarda harakat qilishadi. Raqib jamoa posboni yashil rangdagi libosni kiyadi.
Takidlash joiz, uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 16:45da boshlanishi ko'zda tutilgan.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar