So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

06 noy 15:18
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston Etnosport va strongmen federaciyasiga raisi tayinlandi

Poytaxtimizda Butunjahon Strongmen Federaciyasi va Butunjahon etnosport alyansi (“World Ethnosport”) kengashining matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov ochib berdi. “Yurtimizda sport turizmini rivojlantirish bo'yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Bular sirasiga joriy yilning 7-9 iyun kunlari Xiva shahrida Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan “Bahodirlar o'yini” xalqaro turnirini keltirish mumkin.

Bundan tashqari, kuni kecha Samarqand shahrida Samarkand Half Marathon – ilk xalqaro xayriya marafoni o'tkazildi. Unda 28 mamlakatdan 1700 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Ushbu marafon O'zbekistonda birinchi xayriya marafoni bo'ldi“, – deya malumot o'z nutqida berdi Aziz Abduhakimov.

SHuningdek, yurtimizda sport turizmini targ'ib qilish bo'yicha 17 oktyabrdan 22 oktyabrgacha O'zbekistonda “Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida “Aral Marathon” I Xalqaro ekologik marafoni bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbir Orol dengizi muammolariga bag'ishlangan Xalqaro konferenciya arafasida O'zbekistonning olti shahri – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Mo'ynoqda o'tkazildi. Butunjahon Strongmen Federaciyasi va Butunjahon etnosport alyansi (“World Ethnosport”) kengashining matbuot anjumanida OAV vakillariga “UzReport” axborot agentligining bosh direktori Ravshanxon Jo'raevni Butunjahon Strongmen Federaciyasi prezidenti va Butunjahon etnosport ittifoqi kengashi raisi etib, Abdulaziz Aqqulov esa O'zbekistonda yangi tashkil qilingan Etnosport va strongmenlar federaciyasi rahbari etib tayinlangani haqida elon qilindi.

Butunjahon Strongmen Federaciyasi va Butunjahon etnosport alyansi rahbarlari O'zbekistonda Etnosport va strongmenlar federaciyasi tashkil qilinishini qo'llab-quvvatlashga hamda respublikamizda mazkur sport turlarini rivojlantirish bo'yicha yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanligini malum qilishdi.

O'zbekistonda World Strongmen Cup 2020 Jahon seriyasi musobaqalari Xivada iyun oyidan boshlab o'tkazilishi bo'yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, Etnosport CHellenj va Pahlavon Mahmud nomidagi “BAHODIRLAR OʻYINI” II Xalqaro turniri ham bo'lib o'tadi. Tadbirlar Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan tashkil qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing