So’nggi yangiliklar

12:06Ислам Махачев Италияда ўғирлик қурбони бўлганини айтди 0 11:45Арсланбек Махмудов Фьюрига қарши мағлубиятга изоҳ берди 0 11:24Бунақаси бўлмаган! Хокит иккиталик бонус ва Дональд Трамп тавсияси билан Оқ уй турнири учун жанг олди 0 11:03Sofascore. Дубл қайд этган Шомуродов кечаги учрашувда энг яхши бўлмади 0 10:42Иржи Прохазка кутилмаган мағлубиятига изоҳ берди 0 10:21"Эй Жей, мен сени чақиряпман". Тайсон Фьюри Махмудов устидан қозонилган ғалабадан кейин нималар деди? 0 10:00UFC 327: Олтита "финиш" қайд этилган Прохазка - Улберг оқшомининг барча натижалари 0 09:39Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср"да ғалаба, Роналду навбатдаги голини урди 0 09:18Тошкентда таэквондо бўйича Жаҳон чемпионати старт олди, бугун уч нафар ҳамюртимиз медаль учун баҳс юритади 0 08:56UFC 327. Марказий чемпионлик жанги биринчи раунддаёқ якунланди 0 08:38UFC 327. Co-main event жангда техник нокаут қайд этилди 0 08:05Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади 0 22:43"Номзодлар турнири". Синдаров тарихий натижага яқинлашяпти 0 18:23"Кейинги сафар ўзим каби бўламан". Двалишвили Янга қарши реваншдаги хатосини айтди 0 18:02Диллиан Уайт Фьюри — Махмудов жангига тахмин берди 0

07 iyu 17:49
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston FIFA reytingida tushib ketdi, O'FA bunga qanday munosabat bildirdi?

FIFA rasmiy sayti bugun terma jamoalarning yangi reytingini elon qildi.


Kuchli o'nlikda katta o'zgarish bo'lmadi. Germaniya hamon reytingda eng yuqorida.


O'zbekiston o'tgan oydagidan 7 pog'ona pasayib 95-o'ringa tushib ketdi. Osiyo terma jamoalari orasida O'zbekiston 13-raqamli jamoa bo'lib turibdi.  


36. AVSTRALIYA - 718 (O'tgan oyga nisbatan o'rni o'zgardi: +4)
37. ERON - 708 (-1)
57. JANUBIYA KOREYA 544 (+4)
61. YAPONIYA - 521 (-1)
67. SAUDIYA ARABISTONI 465 (0)
73. SURIYA 440 (+3)
75. XITOY 423 (-2)
77. BAA 418 (+4)
79. LIVAN 411 (+3)
84. UMMON 391 (+3)
89. IROQ 377 (+2)
92. QIRG'IZISTON 363 (-17)
95. O'ZBEKISTON 354 (-7)
97. HINDISTON 350 (0)
98. QATAR 348 (+3)
99. FALASTIN 347 (-3)
102. VETNAM 334 (0)

O'zbekiston futbol associaciyasi esa ushbu yangilikka quyidagicha izoh bildirdi:


O'zbekiston milliy termasi 2017 yilning 5 sentyabr sanasidan buyon rasmiy o'yinda ishtirok etgani yo'q. Undan oldinga o'tib olgan termalar esa Osiyo Kubogi uchun saralashni davom ettirishga majbur bo'lgandi. O'sha o'yinlarda qo'lga kiritilgan ochkolargina ayni paytdagi reytingga sabab bo'ldi.

O'FA o'z principlaridan chekinmaydi va o'rtoqlik o'yinlarini sifatli tashkil qilish uchun harakatni davom ettiradi. Yani, kuchsizroq raqiblarni engib, jadvalda ko'tarilib olish haqida o'ylamaydi. 2019 yilning yanvar oyida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi esa hamma masalaga oydinlik kiritib beradi.

Osiyo Kubogiga qura tashlanishida FIFA reytingi inobatga olinmadi. JCH—2022 saralashiga qura esa Osiyo Kubogidan keyin bo'lib o'tadi. Qita chempionatidagi natija O'zbekiston termasini reytingda yuqoriga olib chiqishi mumkin.

Malumot uchun, O'FA rahbariyatida o'zgarish yuz berganidan keyin O'zbekiston termasi birorta ham rasmiy o'yinda ishtirok etganicha yo'q. FIFA reytingi so'nggi 4 yillik natijalaridan kelib chiqib tuziladi. Demak, ayni vaqtdagi holat uchun javobgarlik kimlarning zimmasida ekani barchaga malum.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing