15 iyu 15:32
Yangiliklar

O'zbekiston futbol associaciyasiga yangi rahbar saylandi
Konferenciya kun tartibidan O'FA Prezidenti, Vice-prezidentlar va Ijroiya qo'mitasi azolarini saylash masalalari o'rin olgan edi.
O'zbekiston futbol associaciyasining Prezidenti Ramatov Achilbay Jumaniyazovich o'z xohishlari bilan O'FA Prezidentligidan istefoga chiqish to'g'risida ariza berganligi munosabati bilan, O'zbekiston futbol associaciyasi ustavining 41-moddasiga asosan O'FA o'z rasmiy veb-saytida O'zbekiston futbol associaciyasi Prezidenti lavozimiga O'zbekiston futbol associaciyasi azolaridan nomzodlarini ilgari surish so'ralgan edi.
SHu kunga qadar O'zbekiston futbol associaciyasi Prezidenti lavozimiga Toshkent shahar futbol associaciyasi tomonidan nomzod sifatida Azizov Abdusalom Abdumavlonovich taklif etildi va konferenciyada Azizov Abdusalom Abdumavlonovich bir ovozdan O'zbekiston futbol associaciyasi Prezidenti lavozimiga saylandi.
Fikrlar