22 iyu 14:07
Yangiliklar
Tennis

O'zbekiston - Gongkong 1:1. Oqgulda g'alaba, Sabinada esa...
Xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblangan Federaciya kubogida mintaqaviy saralash bahslari davom etmoqda.
Bugun Iroda To'laganova sardorligidagi O'zbekiston terma jamoasi gongkonlik dugonalariga qarshi bahs olib borishyapti. Hozirgina yakkalikning ikkinchi uchrashuvi yakunlandi.
Unda mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova kutilmaganda raqibasi CHjan Linga 4:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Undan avval Oqgul Omonmurodova CHon Vongni 6:2, 6:4 hisobida taslim etgandi.
Endi ushbu juftlik g'olibini juftliklar o'rtasidagi uchrashuv aniqlab beradi. Tennischilarimiz kecha Indoneziya terma jamoasidan ham aynan juftlikdagi g'alaba evaziga ustun kelishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar