26 sen 21:05
Yangiliklar

O'zbekiston - Iroq - 0:2 yoxud Jahon chempionatiga chiqa olmadik
Afsuski, Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi o'smirlarimiz chorak final uchrashuvida iroqlik tengqurlariga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Terma jamoamiz bu o'yinda nafaqat mag'lub bo'ldi, balki jahon chempionati yo'llanmasini ham qo'ldan chiqardi.
O'ZBEKISTON (U-16) – IROQ (U-16) - 0:2 (0:1)
Gollar: Muhammad Dovud 6, - 0:1. Muhammad Dovud 79, - 0:2
O'zbekiston: Abduvohid Nematov, Abubakir Mo'ydinov, Ixtiyor Xoldorov, Muhammadali Nomozov, Mardon Abdullaev, Oston O'runov, G'ayrat Azizxo'jaev (Abdulhay Ismoilov, 60), Bahrom Soatov (Islom Karimov, 63), Rasul Yo'ldoshev, Asadbek Sobirjonov (SHuhrat Nematov, 63), Doniyor Abdumannopov
Iroq: Ali Ibadi Jabbor, Habib Xalaf Axele, Ammar Al Lami, Ali Ahmad Radxa, Muntazer Abdulsada, Muntazer Muhammad, Muhammad Davud, Saif Xolid SHayyal (Ali Karim Xani, 75), Muhammad Rizo (Ahmad Sartip Umar, 90), Ala Adnan Jabbor, Moamel Karim Xachi
Hakamlar: Vang Di (Xitoy), Xsu Min YU (Xitoy Taypei), Jang CHol Jin (KXDR), Ravan Arumugxan (Hindiston).
CHetlatish: SHuhrat Nematov 81
Fikrlar