22 noy 09:16
Yangiliklar
Futbol
O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yinida jarohat olgan futbolchi OK-2019ni o'tkazib yuboradi
Xabaringiz bor, 20 noyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 0:4 hisobida yutqazgandi.
Mazkur bahsning 9-daqiqasida hisobni ochgan Nam Te Xi ikkinchi bo'lim boshida og'ir jarohat olib, maydonni tark etgan edi.
Koreya nashrlari tarqatgan xabarga ko'ra, "Al Duhail" klubi azosi mazkur jarohati tufayli Osiyo Kubogi-2019da ishtirok eta olmaydi. Nam Te Xi Janubiy Koreya terma jamoasi safida 44ta o'yin o'tkazib, 6ta gol urgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar