28 mar 07:04
Yangiliklar
![](/upload/storage/35988_220.jpg)
O'zbekiston Kasablankada Marokashga yutqazdi
O'yinning 3-daqiqasida Amin Xaritning kuchli zarbasini Suyunov qaytardi, qaytgan to'p yana jarima maydoniga uzatildi, bu erda esa Ayub El Kaabi osongina hisobni ochdi - 1:0.
43-daqiqada burchakdan uzatilgan to'pni Maruan Da Kosta boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi - 2:0. Uchrashuvning 88-daqiqasida burchak to'pidan so'ng juda qulay imkoniyatga ega bo'ldik, ammo yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi. O'yin 2:0 hisobida Marokash g'alabasi bilan yakunlandi.
Marokash - O'zbekiston 2:0
Gollar: Ayub El Kaabi 3, - 1:0. Maruan Da Kosta 43, - 2:0.
Marokash: 12.Munir El Kajoui (22.Ahmad Tagnaouti, 46), 25.El Hajam Valid (27.Salohiddin Essaidi, 82), 4.Da Kosta Maruan, 6.Saiss Ganem (28.Nahiri Muhammad, 63), 2.Ashraf Hakimi, 21.Sofyan Amrabat, 11.Faysal Fajr, 18.Amin Xarit, 19.Yasin Bammou (7.Hakim Ziesh, 72), 15.Ayub El Kaabi (23.Volid Azaru, 62), 26.Zakariya Labyad (9.Sofyan Bufal, 46).
O'zbekiston: 1.Eldorbek Suyunov, 14.SHuhrat Muhammadiev, 6.SHerzod Azamov, 3.Rustam Ashurmatov, 13.Oleg Zoteev (4.Akrom Komilov, 74), 18.Fozil Musaev (16.Odiljon Hamrobekov, 45), 22.Javohir Sidiqov (23.Eldor SHomurodov, 83), 8.Ikrom Aliboev (19.Otabek SHukurov, 68), 7.Sardor Rashidov (15.Jasur Yaxshiboev, 56), 17.Jaloliddin Masharipov, 10.Marat Bikmaev (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 56)
Ogohlantirishlar: Ikrom Aliboev 42, Rustam Ashurmatov 71
Fikrlar