So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

17 may 11:28
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston Kubogi. 1/8 finalning to'rtta o'yini jonli efirda namoyish etiladi

O'zbekiston Kubogining nimchorak finalidan joy olgan uchrashuvlarning vaqti aniq bo'ldi.

Professional futbol ligasi Pro-liga klublari ishtirokidagi 3 ta uchrashuvni 17:00 ga belgiladi. Bunda uchrashuvlar iftorlik vaqtigacha yakuniga etib ulguradi.

Superliga o'yinlari ish kunida 18:00 dan erta boshlanmasligi belgilab qo'yilgandi. Pro-Liga klublari esa o'zaro kelishib, uchrashuvlar vaqtini tayin qilib kelayotgandi. “Sport” telekanali bu safar Pro-liganing “Iftixor” hamda “Dinamo” jamoalari ishtirokidagi o'yinlarga etibor qaratishni lozim deb topdi va kubok doirasidagi bu ikki jamoa o'yinlarini 17:00 ga qo'yishni so'radi.

SHu orqali futbol muxlislari Yoshlar Ittifoqi asosida tuzilgan “Iftixor” klubi haqida malumotga ega bo'lib oladi. Ayni vaqtda mazkur jamoa tomonidan qurilayotgan stadionda tamirlash ishlari yakuniga etmagan. Etgan taqdirda ham, uni IIV hamda PFL komissiyalari alohida-alohida o'rganib chiqishi kerak bo'ladi. SHuningdek, yangi stadiondan translyaciya uyushtirish imkoniyatini MTRK vakillari tekshiruvdan o'tkazishi lozim. Bu ishlarni 29 may sanasigacha yakunlash uchun hozir ancha kech. SHundan kelib chiqib, “Iftixor” — “Paxtakor” o'yini Oltiariqdagi Superliga talabiga javob bermaydigan stadionda emas, balki Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi.

SHuningdek, Samarqandning “Dinamo” klubi “Qizilqum”ga qarshi kurash olib boradi. Samarqand shahri aholisi katta futbolni sog'inib qolgani sir emas. Ayni vaqtda “Dinamo”ning Pro-Ligadagi ishtirokini ham qoniqarli deb bo'lmaydi. SHundan kelib chiqib, “Sport” telekanali Samarqanddagi futbol uchrashuvini ham jonli namoyish etish istagini bildirdi. Bu o'yin ham iftorlik vaqtiga qadar yakuniga etib ulguradi.

Nukusdagi uchrashuv stadion yoritish tizimidagi muammolar tufayli 17:00 da start oladi. PFL Superliga klublarining oldiga bu borada talab qo'ygan, Pro-liga klublari amal qilishi kerak bo'lgan talablar esa yaqin kunlar ichida elon qilinadi. Bunda Pro-liga klublari bosqichma-bosqich rivojlanib borishi ko'zda tutiladi.

O'zbekiston Kubogining qolgan uchrashuvlari xuddi Superligadagi holat kabi start oladi. Yani, ulardagi tanaffus iftorlik vaqtiga to'g'ri keladi. SHunday qilib, “Sport” telekanali 1/8 final bosqichining jami 4 ta uchrashuvini jonli ko'rsatadi.

O'zbekiston Kubogi. 1/8 final

29 may (seshanba)

17:00  “Iftixor” — “Paxtakor” (live)

17:00  “Orol” — “Andijon”

19:02  “Bunyodkor” — “So'g'diyona” (live)

19:22 “Mashal” — “Surxon”


30 may (chorshanba)

17:00  “Dinamo” — “Qizilqum” (live)

18:57  “Qo'qon-1912” — “Neftchi”

19:03  AGMK — “Nasaf” (live)

19:03  “Lokomotiv” — “SHerdor”

1/8 final bosqichi g'oliblari faqatgina bitta o'yin orqali aniqlanadi. Yani, uchrashuv asosiy va qo'shimcha daqiqalari durang bilan yakuniga etsa, penaltilar seriyasiga navbat beriladi.

Mazkur holat jonli efir rejalariga tegishli tartibda o'zgartirish kiritishi mumkin. Agar birinchi o'yinlar qo'shimcha daqiqalarga qadar cho'zilsa, u holda “Sport” telekanali vaziyatdan kelib chiqib ish ko'radi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing