28 sen 22:06
Yangiliklar
![](/upload/storage/45896_220.jpg)
O'zbekiston Kubogi. AGMK o'z tarixida ilk bor finalga chiqdi!
Uchrashuvning 57-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Muzaffar Muzaffarov birinchi zarbasi bilan uzoq masofadan gol urdi - 0:1. 63-daqiqada Yovan Jokichning to'p uzatishidan keyin Zafar Polvonov boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 0:2.
O'yinning 80-daqiqada Murodjon Toshmatov jarima maydoni chizig'i ustidan chap oyog'i bilan chiroyli to'p kiritdi - 1:2. Uchrashuv mana shu hisob yakunlandi va AGMK o'z tarixida ilk bor O'zbekiston kubogi finaliga chiqdi!
O'zbekiston kubogi. Yarim final
"Bunyodkor" - AGMK 1:2
Gollar: Muzaffar Muzaffarov 57, - 0:1. Zafar Polvonov 63, - 0:2. Murodjon Toshmatov 80, - 1:2.
"Bunyodkor": 32. Suhrobjon Sultonov, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akramjon Komilov, 5. Dilshod Jo'raev, 8. Javlon Ibrohimov (10. Abdulla Abdullaev, 90+3), 11. Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxo'jaev, 20. Mirg'iyos Sulaymonov (7. Dilshod Ahmadaliev, 46), 30. Xurshid G'iyosov (15. Farrux Ikromov, 79), 44. Mirjamol Qosimov (9. SHahzodbek Nurmatov, 62), 99. Filip Raevac (14. Mirjahon Mirahmadov, )
AGMK: 12. Roman Abdulov, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 6. Azamat Isroilov (72. Alisher Samatov, 90+5), 9. Zafar Polvonov (16. Milosh Trifunovich, 68), 11. Jasur Hasanov (24. Javlon Guseynov, 83), 13. Lutfullo To'raev (s), 14. Zohir Pirimov (71. Jamshid Hasanov, 76), 15. Vladimir Bubanya, 19. Vladislav Kasminin, 23. Yovan Jokich, 70. Oybek Qilichev (8. Muzaffar Muzaffarov, 57)
Hakamlar: Aziz Asimov, Timur Gaynullin, Sanjar SHoyusupov, Sultonmurod Abdurahmonov.
Ogohlantirishlar: Oybek Qilichev 27, Azamat Isroilov 90+4.
Fikrlar