05 iyu 21:24
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/977_220.jpg)
O'zbekiston Kubogi. “Lokomotiv” va “Nasaf” yarim finalda, deyarli
Bugun O'zbekiston kubogining chorak final dastlabki uchrashuvi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi.
G'oliblik uchun asosiy davogarlardan biri hisoblangan Toshkentning “Lokomotiv” klubi Muborakda “Mashal” jamoasini mehmoni bo'lib, yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Garchi “temiryo'lchilar” birinchi bo'lib o'z darvozalaridan to'p olib chiqqan bo'lsalarda, yakunda Temurxo'ja Abduxoliqovning xet-trigi va Sanjar SHoahmedovning aniq zarbasi evaziga ajoyib g'alabani qo'lga kiritishdi.
Qarshining
“Nasaf” jamoasi ham deyarli yarim final chiptasini naqd qildi. Vohalik futbolchilar
“Andijon” klubi mehmoni bo'lib, 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabani tantana qilishdi.
“Qo'qon-1912”
– “Buxoro” bahsi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Havola :
Fikrlar