10 iyu 17:18
Yangiliklar
O'zbekiston Kubogi. Merganlar Navoiyda jam bo'lishdi
Musobaqaning dastlabki kuni ishtirokchilar pnevmatik to'pponchadan o'q uzish bo'yicha mahoratlarini ishga solishdi. Natijalarga ko'ra namanganlik Muhammad Kamolov 222 ochko jamg'arib birinchi, Toshkent viloyati sprtchisi Abdurahmon Anarboev 220 ochko bilan ikkinchi, farg'onalik SHohjahon Mahmudov 197 ochko bilan uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Qizlar o'rtasidagi bahslarda esa Iroda Azimboeva (Toshkent v) birinchi, Maqsuda Kerimova (Xorazm v) ikkinchi, Bonu Tilovberdieva (Toshkent v) uchinchi o'rinni band etdi.
- Kubok musobaqalarining barcha bosqichlari bir-biridan qiziqarli tus olayotganiga sabab g'oliblarni taqib qilayotgan merganlar yanada aniqroq harakat qilayotgan bo'lsa, etakchilar yakunda o'z o'rinlarini saqlab qolishga intilishayotganidir,- dedi musobaqa hakami SH.Nabiev.
Fikrlar