08 okt 11:44
Yangiliklar
Futbol
O'zbekiston – KXDR o'yini chiptalari 20 000 dan 100 000 so'mgacha sotilmoqda
O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlarida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
13 oktyabrda KXDR bilan, 16 oktyabr sanasida esa Qatar terma jamoasiga qarshi o'yin bo'lib o'tadi. KXDRga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi uchun chiptalar sotuvi boshlandi. CHiptalarning eng arzoni - 20 000, eng qimmati esa 100 000 so'mdan sotilyapti.
Bahs 13 oktyabr kuni soat 19:00da "Milliy" stadionida bo'lib o'tadi. O'yinni bevosita o'yingohdan kuzatishni istagan muxlislar chiptalarni "Milliy" stadioni kassalaridan sotib olishlari mumkin.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar