12 okt 17:52
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston - KXDR o'yinini qo'shnilarimiz boshqarib borishadi
13 oktyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi KXDR bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Ushbu uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar nomi malum bo'ldi. Unga ko'ra, KXDRga qarshi bahsni qirg'izistonlik Dmitriy Mashencev boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Bahodir Qo'chqorov va Ismoil Tolibjonov yordam beradi. Zaxira hakami o'zbekistonlik Jasur Muxtorov bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, qirg'izistonlik hakamlar brigadasi 11 sentyabr kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston - Eron uchrashuvida ham ishlashgan edi.
O'zbekiston - KXDR
13 oktyabr. "Milliy" stadioni. 19:00
Hakamlar: Dmitriy Mashencev, Bahodir Qo'chqorov, Ismoil Tolibjonov (uchalasi Qirg'iziston). Jasur Muxtorov (O'zbekiston)
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar