15 noy 17:28
Yangiliklar

O'zbekiston Livan bilan durang o'ynadi
Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyaning Gold Kost shahrida Livan bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. O'yinda ikkala tomon ham asosan himoyaviy harakat qildi. Birinchi taymda O'zbekiston ham, Livan ham aniq zarba bera olmadi.
O'yinning 61-daqiqada Davron Hoshimov ikkinchi marta sariq kartochka olib maydonni tark etdi. Terma jamoamiz 10 kishi bo'lib qolgach butunlay himoyaga o'tib oldi. Faqat bahs oxirida ikkita vaziyatga ega bo'ldik.
Eldorbek Suyunov bahs davomida uch marta jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi va qahramonga aylandi.
20 noyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi shu stadionda Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
O'rtoqlik uchrashuvi
O'ZBEKISTON - LIVAN 0:0
15 noyabr. Gold Kost. "CBUS Super Stadium" stadioni. 20:00 (Toshkent vaqti 15:00)
Hakamlar: SHon Evans, Natan Makdonald, Jorj Lakrindis, Jarred Jillet (barchasi Avstraliya)
O'zbekiston: 12.Eldorbek Suyunov, 4.Davron Hoshimov (13. Oleg Zoteev, 65), 5.Anzur Ismoilov (18. Doston Tursunov, 76), 3.Egor Krimec, 19.Vladimir Kozak, 17.Doston Hamdamov, 16.Otabek SHukurov, 7.Odiljon Hamrobekov, 22.Javohir Sidiqov (6. Husniddin G'ofurov, 77), 8.Ikrom Aliboev (2. Akmal SHorahmedov, 54), 10.Marat Bikmaev (15. Aziz Turg'unboev, 73).
Zaxira: 25. O'tkir Yusupov, 20. Islom To'xtaxo'jaev.
Livan: 1.Mehdi Halil, 2.Qosim El Zeyn, 3.Mutaaz El Junaydi (11.Umar CHaaban, 85), 5.Nassar Nassar, 6.Joan Oumari, 7.Hassan Maatuk (8.Hassan CHaito, 89), 10.Muhammad Haydar (20.Robih Ataya, 68), 13.Feliks Melki, 15.Samir Ayass (12.Adnan Haydar, 77), 19.Aleksandr Melki, 22.Bassel Jradi.
Zaxira: 21.Mustafo Matar, 23.Abbos Hassan, 4.Nur Mansur, 14.Nodir Matar, 16.Hassan CHayto, 18.Volid Ismoil.
Ogohlantirishlar: Davron Hoshimov 25, Aleksandr Melki 26, Joan Oumari 86.
CHetlatish: Davron Hoshimov 61 (2SK)
Fikrlar