So’nggi yangiliklar

09:20Роналду имиджини ўзгартирди + ФОТО 0 08:56Боксчимиз рақибидан 13,6 кг енгил тош босди, камар учун жанг қиладиган Мирзахалилов меъёрни бажарди + ФОТО 0 08:32Ислам Махачев Йен Гэрри билан жангдан кейин тез қайтмоқчи 0 21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0 20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0 15:28Цветков ва Ростовцев Будапештдаги турнирда 3 та медални қўлга киритишди 0

25 jan 14:20
Yangiliklar

Qishki sport turlari, Xarbin-2025

O'zbekiston mahalliylashtirgan, biroq Rossiya karantinga solgan rus sportchilari qishki Osiyo o'yinlarida qatnashishi mumkin - manba

"Match TV" manbasining xabar berishicha, sport fuqaroligi o'zgargani sababli karantinda bo'lgan rossiyalik konkida uchuvchilar va short-trekchilar Xarbin-2025 qishki Osiyo o'yinlarida ishtirok etishlari mumkin.

"Konkida uchish bo'yicha Jahon chempionati sovrindori Danila Semerikov, short-trekchilar Denis Ayrapetyan va Daniil Eybog O'zbekiston terma jamoasi safiga qo'shilish uchun karantin muddatini o'tamoqda.

Qozog'iston terma jamoasi safida esa Elizaveta Golubeva shug'ullanyapti, u ham Rossiya konkida uchish uyushmasidan ikki yillik karantin olgan.

Hozircha ushbu sportchilarning ishtiroki bo'yicha aniq qaror yo'q, ammo Semerikov allaqachon Xarbin-2025 uchun akkreditaciyadan o'tgan. Osiyo o'yinlari 7-14 fevral kunlari bo'lib o'tadi", deyiladi Rossiya nashri tarqatgan xabarda.

Avvalroq, Xarbin-2025 qishki Osiyo o'yinlarida Rossiyadan mahalliylashtirilgan figurali uchuvchilar Dmitriy CHigirev va Ekatirena Geynish ishtirok etishi aniq bo'lgani haqida xabar bergan edik.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing