So’nggi yangiliklar

15:13Пэдди Пимблетт: "Гэтжи билан тик ҳолатда жанг қиламан" 0 14:52Жейк Полнинг ўтказиб юборилган зарба оқибатида жағи синиб кетгани айтилмоқда + ФОТО 0 14:31Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди 0 14:10Қозоғистон боксида допинг можароси: ЖЧ финалчиси дисквалификация қилинди 0 13:49Мужибилло Турсунов WBC Гран-приси финалида жанг қилади 0 13:28Жошуа ва Жейкнинг бугунги жанг учун гонорарлари айтилди 0 13:07"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди + ФОТО 0 12:46"Агар сен чиндан ҳам ёмон бола бўлсанг" — Жейк Пол Тайсон Фюрига "вызов" ташлади 0 12:25Ҳамюртимиз Арман Царукян — Шара Буллет оқшомида жанг қилади (Постер+тўлиқ кард) 0 12:04Яхши янгилик: Ўзбекистон Милан ва Кортина-2026 қишки Олимпиадаси учун навбатдаги йўлланмани қўлга киритди! 0 11:43Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади 0 11:22"Бугун мени дўппослашди" — Жейк Пол Энтони Жошуа билан жангга таъриф берди 0 11:01"Бу энг яхши чиқишим бўлмади" — Энтони Жошуа Жейк Пол билан жанг ҳақида 0 10:40Дана Уайт UFC’нинг бозор нархини айтди 0 10:19Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас 0

06 mar 18:00
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Bugun, 6 mart kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi binosida sport federaciyalari rahbarlari bilan navbatdagi yig'ilish tashkil qilindi.

Unda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig'i Nazirjon Xudoyqulov va Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan sport federaciyalar mutasaddilari ishtirok etishdi.
“Avvalambor sizlarni tabriklab o'tmoqchimiz. Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev biz orziqib kutgan farmonga imzo chekdilar. Ushbu farmon ustida juda uzoq vaqt ish olib borildi. Uning bandlari mukammal ishlashi uchun qattiq mehnat qilishimiz talab etiladi. Endi Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi birgalikda, hamkorlida faoliyat olib boradi. Oldimizga qo'yilgan talabni bajarish uchun imkoniyatlarimiz juda katta. Eng muhimi ushbu imkoniyatlardan samarali foydalangan holda ish olib borishimiz kerak bo'ladi”, - dedi Jasur Matchanov.

Yig'ilish davomida sport federaciyalarining Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni qanday ketayotganligi haqida axborot berildi. Undan tashqari MOQ Bosh kotibi sportchilarga olimpiya stipendiyalarini to'lash tizimini qayta ko'rib chiqish, uning yagona va mukammal mexanizmini yaratish xaqida gapirdi.



“Stipendiyalar tizimini qayta ko'rib chiqamiz. MOQ tomonidan rag'batlantirilayotgan har bir sportchi bilan xalqaro meyorlar asosida shartnoma tuziladi. Kerak bo'lsa, stipendiyalar miqdorini bir necha barobar ko'taramiz. SHunga yarasha, ularning kun tartibi va racionini ham belgilab chiqamiz. Agar ular shartnoma bandlarini buzadigan bo'lsa jarimaga tortamiz. Talablarimizga javob beradiganlarni rag'batlantirish ham shunga yarasha katta miqdorda bo'ladi”, - dedi Jasur Matchanov.

SHuningdek, yig'ilish davomida endi har bir sport turi bo'yicha Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun musobaqalar o'tkazilishi aytib o'tildi. Aynan mazkur musobaqalar orqali Osiyo o'yinlariga borish uchun nomzod sportchilar sinovdan o'tkaziladi.

Qolaversa, sportchilarni olimpiya sport turlariga yo'naltirish borasida ham fikr bildirib o'tildi. Endi har bir nomzod sportchi kuzatib boriladi. Ularning ko'rsatayotgan natijalari tahlil qilinadi. SHunda ularning jismoniy va funkcional tayyorgarligida o'sish yoki pasayish xolatlari yaqqol namoyon bo'ladi.

Malumki, o'zbek boksining qitada o'z o'rni va mavqei bor. Ammo so'nggi Osiyo o'yinlari - Inchxon 2014 da  bokschilarimiz tomonidan birorta ham oltin medali qo'lga kiritilmagan. Bugungi yig'ilishda ushbu xolat yuzasidan ham fikr almashildi.

“Ayni paytda ixtiyorimizda asosiy tarkibdan tashqari, zaxira bokschilarimiz ham bor. Ularni ham tayyorlab boryapmiz. Har bir vazn toifasida 3-4 nafar sportchi ishlamoqda. Bu o'z navbatida tarkibda sog'lom raqobat shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xabaringiz bor, sportda kutilmagan jarohatlar ham uchrab turadi. SHu sababli, zaxiradagi sportchilarimizni ham tayyorlab boryapmiz. O'zbekiston boks terma jamoasi Jakarta 2018 Osiyo o'yinlarida umumjamoa hisobida  faqat birinchi o'rinni olishni maqsad qilgan ”, - dedi terma jamoa bosh murabbiyi  Marat Qurbonov.


Yig'ilish davomida shuningdek,  sport kurashlari, taekvondo, ushu, karate, og'ir atletika, gimnastika, gandbol, regbi, futbol, engil atletika, o'q otish, qilichbozlik, kamondan otish, suv sporti, velosport, tennis, baydarka va kanoeda eshkak eshish, sambo, jui-jitsu, penchak silat, kurash, golf hamda badminton federaciyalari vakillari birma-bir Indoneziyadagi o'yinlar uchun rejalar, tayyorgarlik jarayonlari haqida hisobot berishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing