10 dek 12:53
Yangiliklar
O'zbekiston milliy terma jamoasi taekvondo vatani - Koreyani qiyinchiliksiz mag'lub etib, "Jamoaviy Jahon kubogi"ning bronza medallarini qo'lga kiritdi
Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etdi va yakunda bronza medallariga ega chiqdi.
Jasurbek Jaysunov (80 kg), SHuhrat Salaev (+80 kg), Feruza Sodiqova (67 kg) hamda Gulsanam Alijonovadan (+67 kg) iborat vakillarimiz bronza medallari uchun kechgan bellashuvda taekvondo vatani bo'lmish Koreya Respublikasi terma jamoasini 2:0 (95:90, 100:20) hisobida mag'lubiyatga uchratdi va musobaqa sovrindoriga aylandi.
SHu tariqa, taekvondochilarimiz aralash jamoaviy dasturdagi omadli yurishini davom ettirdi. Vakillarimiz mazkur dasturda Osiyo o'yinlarida bronza, joriy yilning avgust oyida Parij Olimpiadasida ko'rgazmali sifatida o'tkazilgan musobaqalarda esa kumush medallarga ega chiqqan edi.
Fikrlar