08 may 11:06
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlaridagi yana bir raqibi malum
O'zbekiston milliy terma jamoasi 7 iyun kuni Toshkentda KXDR bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida xabar berib o'tgandik.
O'zbekiston futbol associaciyasi Xalqaro aloqalar departamenti tomonidan o'tkazilgan muzokaralar natijasida, O'zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlaridagi yana bir raqibi nomi malum bo'ldi. Unga ko'ra joriy yilning 11 iyun kuni poytaxtimizga Umar al-Soma boshchiligidagi Suriya terma jamoasi azolari tashrif buyuradigan bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning sentyabr oyidan boshlab 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralash bahslaridagi ishtirokini boshlaydi.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar