14 iyu 07:10
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston milliy terma jamoasining o'yini bekor qilindi
2018 yili Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o'quv-mashg'ulotlarini Avstriyada o'tkazmoqda.
Yig'in davomidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvi kecha Enbax shahrida CHexiyaning “Yablonec” klubiga qarshi o'tkazilishi rejalashtirilgandi. Ammo kuchli yomg'ir tufayli o'yin bekor qilindi. “Yablonec” klubi rasmiy saytida yozishilicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli tomonlar o'zaro kelishgan holda, shu qarorga kelishgan.
“Nima ham qila olardik, ob-havo bizga pand berdi. Bunday sharoitda uchrashuvni o'tkazish futbolchilar salomatligini xavf ostida qoldiradi. Aynan shu sabab o'yinni bekor qildik”, - dedi “Yablonec” murabbiyi Zdenko Frtala.
Takidlash joiz, “Yablonec” Avstriya yig'ini doirasida Angliyaning nomdor jamoasi “Everton”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni ham reja qilgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar