So’nggi yangiliklar

17:22"Октагондан ташқарида UFC’дагидан ҳам кўпроқ даромад топмоқда". Хирн Том Аспиналл ҳақида гапирди 0 16:59Европанинг 4 та клуби скаути ўзбекистонлик футболчини кузатди 0 16:19Нодирбек Абдусатторов: "Бу аламли бўлган эди..." 0 15:51Султонов Загребдаги турнирнинг 1/4 финалига чиқди 0 15:22Яна бир эркин курашчимиз RAF билан шартнома имзолади, у юлдузли кардда жанг қилади 0 14:49Ўзбекистон терма жамоаси машғулотида тўрт футболчимиз умумий гуруҳда шуғулланмади 0 14:12Дзюдочиларимиз иштирокида ўтадиган Qingdao Grand Prix 2026 турнирига қуръа ташланди 0 13:46Жангга икки кун қолганида Нурсултон Рўзибоевнинг ҳолати қандай? (ФОТО) 0 13:00Фарғонада Олимпиада чемпиони номидаги бокс мажмуаси фойдаланишга топширилди 0 12:34Конго ДР бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйинда таваккал қилишимизга тўғри келади, чунки..." 0 12:03Шон О`Мэлли Оқ уйдаги жанги учун қанча гонорар олганини очиқлади 0 11:28Йен Мачадо Гэрри Эдди Хирн билан шартнома имзолади 0 10:56Топуриянинг мураббийи шогирдининг аҳволи ҳақида маълумот берди 0 10:31Анчелотти Бразилиянинг Шотландияни мағлуб этиб, плей-оффга йўлланма олганига изоҳ берди 0 09:48Теннис маликаларимизнинг ҳар иккиси Уимблдон финалида! 0

20 okt 17:04
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston MTJ 12 noyabr kuni bo'ladigan o'yinga bir hafta oldin yig'iladi

Teglar :  O'zbekistonIroq
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev o'zining telegram kanalida milliy terma jamoamiz 6 noyabrdan yig'inga kirishishini malum qildi.

Bu oyda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan terma jamoa noyabrda ham ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishni maqsad qilgan. O'FA rasmiy sayti 28 sentyabr kuni chop etgan xabarga ko'ra, vakillarimizning navbatdagi yig'ini BAAda tashkil etiladi. 

FIFA kunlari 9-17 noyabrga belgilangan. BAAda yig'in o'tkazadigan O'zbekiston MTJ 12 noyabr Suriya hamda 17 noyabr Iroq bilan kuch sinashishni rejalashtirib qo'ygan. FIFA kunlari 9 noyabrdan boshlanadi deyilyapti, biroq Vadim Abramov futbolchilarni 6 noyabrdan yig'moqchi. 

PFL esa 6-7 noyabr kunlari O'zbekiston Kubogining dastlabki uchrashuvlarini o'tkazib olishni maqsad qilgandi. Lekin terma jamoa 6 noyabrdan yig'iladigan bo'lsa, unda Kubok yana keyinga suriladi. 

Aytaylik, Suriya bilan o'yin 12 noyabrga belgilangan, lekin futbolchilarni bir hafta oldin yig'ishdan naf bormikan? Dubayga qachon uchib ketilishini bilmaymiz, lekin bu o'rinda Kubokni ham boshlab olsak chakki bo'lmasdi. CHunki FIFA kunlari tugaganidan so'ng buyog'iga dekabr yaqinlashib qolgan bo'ladi va chempionatni qachon yakunlab olish hamda eng muhimi, Kubokni qachon o'tkazish masalasi yana kun tartibiga chiqadi.

Abramovning futbolchilarni ancha oldin yig'ishi yangilik emas. Masalan, o'tgan yil o'zimizda Saudiya Arabistoni bilan o'ynaganimizda futbolchilar 21 kun terma jamoa ixtiyorida bo'lishgandi. Yakunda esa baribir yutqazganmiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing