So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

10 okt 16:03
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston MTJ: Azamov o'rniga To'xtaxo'jaev

Teglar :  O'zbekistonFutbol
O'zbekiston terma jamoasi mashg'ulotida jarohatlangan SHerzod Azamov lagerni tark etdi.

O'zbekiston terma jamoasi yig'inining birinchi kunida son mushaklarini jarohatlab olgan SHerzod Azamov keyingi ikki kunlik mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgandi. Malum muddat zalda shug'ullangan Azamov kecha mashg'ulotlarga qaytib, yakka tartibda shug'ullanib turgandi.

Biroq shifokorlarning nazoratidan so'ng himoyachining jarohatini tiklash jarayoni biroz cho'zilishi malum bo'ldi. Terma jamoaning bo'lajak o'yinlariga juda yaqin qolgani sababli, Azamovning jarohatini terma jamoa lagerida muolaja qilishdan ko'ra uning o'rniga boshqa himoyachi jalb etildi. Azamovga esa kechagi kungi mashg'ulotlardan so'ng jarohatini davolash uchun ruxsat berilgan. Uning o'rni "Lokomotiv" himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev bilan to'ldiriladi. Bugundan etiboran Islom To'xtaxo'jaev terma jamoa mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda.

SHuningdek, kecha "Lokomotiv" azosi Husniddin G'ofurov ham jarohat olib mashg'ulotlarni erta yakunlashga majbur bo'lid. SHifokorlarning aytishicha, G'ofurovning jarohati u qadar jiddiy emas. Ammo uning bugungi mashg'ulotda umumiy guruh yoki yakka tartibda shug'ullanishi nomalum.

Qayd etish kerakki, TTMI stadionida mashg'ulot o'tkazayotgan terma jamoamiz maydon sug'orilmagani bois uchinchi futbolchisini jarohatlab oldi.

Bunga qadar terma jamoadan chaqiruv olgan darvozabon Botirali Ergashev jarohati bois o'rnini Roman Abdulovga bo'shatgandi. "Paxtakor" kiperi Eldorbek Suyunov ham mashg'ulotining dastlabki kunida jarohat olganligi tufayli terma jamoa lagerini tark etgandi.

Eslatib o'tamiz, terma jamoaning o'tgan safargi yig'inida ham SHerzod Azamov va Aziz Haydarov jarohatgan olishgani bois o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazib yuborishgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing