So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

10 noy 16:37
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Tadbirda terma jamoa bosh murabbiyi OAV hodimlariga javob qaytardi. - 14 noyabrda bo'ladigan BAAga qarshi o'yinga bugundan tayyorgarlikni boshladik. Yig'inga chaqirilgan barcha futbolchilar etib keldi. Ularning barchasini sog'ligi joyida. Bu borada ular bilan gaplashdik. Reja bo'yicha ertaga ham Toshkentda mashg'ulotlarni olib boramiz. Keyin esa BAAga uchib ketamiz. Terma jamoaga futbolchilarni chaqirishda avvalo tajriba, hozirgi optimal sport formasi va kelajakda terma jamoa uzagini tashkil qiladigan yoshlarga etibor qaratdik. Barcha futbolchilar o'yinga tayyor. BAAga qarshi o'yinda munosib harakat qilamiz, deb o'ylayman.

BAA bugun Gaiti bilan o'ynaydi. Ushbu o'yin orqali raqibni o'rganamiz.

Men shaxsan murabbiy sifatida har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilaman. Raqibni o'rgandik. Ularni oxirgi uchta uchrashuvini ko'rib chiqdik. Biz futbolchilarga nazariy mashg'ulot tayyorlagandik, ammo bunga ehtiyoj qolmadi. CHunki jalb qilingan futbolchilarning deyarli yarmidan ko'pi yangi. BAAda ham bosh murabbiy va futbolchilar taklif qilingan.

- BAAga qarshi O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida birinchi o'yiningizni o'tkazasiz. Bu tarixda qoladi. So'ramoqchi bo'lganim, Sergeev nega terma jamoaga chaqirilmadi?

- Igor Sergeevni mahoratiga shubha yo'q. Ammo hozirgi kunda u juda kuchli bosim ostida qolgan. SHu boisdan ushbu kichik tanaffus uning foydasiga xizmat qiladi, deb o'ylayman. Murabbiy sifatida Igor Sergeevning mahoratiga shubha qilmayman.

- Murabbiylar shtabida kimlar sizga yordam berishadi?

- Menga klubdagi yordamchilarim ko'maklashishadi. SHuhrat Toshpo'latov va Denis Ivankov. Men ularni imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman va ular bilan ishlash men uchun qulay. SHu boisdan terma jamoaga ham yordamchilarimni jalb qildim.


- BAA bilan o'yinda siz uchun nima muhim: Natija yoki jamoani shakllantirish?

- Ikkisi ham muhim. Bir narsani unutmanglar, men terma jamoaga vaqtincha bosh murabbiyman. Bu haqda ko'p aytilmoqda. O'ylaymanki, O'FFning uzoq o'ylab qo'ygan rejalari bor. Taklif qilingan tarkibimizdan ko'rinib turibdiki, faqat bu o'yin haqida o'ylamadik, balki kelajak borasida qayg'urdik. SHu boisdan bu o'yin natijasi ham, kelajak uchun qilinadigan poydevor ham birdek muhim.

- Sizni hozircha vaqtincha bosh murabbiyi deb aytildi. Umuman siz murabbiy sifatida kelajakda terma jamoani mahalliy mutaxassis ishlagani maqulmi yoki xorijdan yuqori malakali murabbiy kelgani yaxshimi? Agarda sizga terma jamoani boshqarish taklif etilsa bunga qanday qaraysiz?

- Men bu savolga avval ham xorijdan kuchli mutaxassis kerakligini aytganman. Umuman olganda, kim bo'lishidan qatiy nazar katta tajriba ega mutaxassis ishlagani maqul.
Bizga xorijdan kuchli mutaxassis ishlash vaqti kelgandir. SHu uchun o'z fikrimda qolaman. Agarda kuchli, yuqori salohiyatga ega mutaxassis topilsa xorijdan murabbiy kelgani yaxshi.
Menga agar butunlay boshqarishni taklif etishsa? Buni vaqt ko'rsatadi. Hozirda terma jamoaning oldida rasmiy o'yinlar yo'q. Agarda taklif bo'lsa, albatta bunga yo'q demayman. Terma jamoaga yordam berishga doim tayyorman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing