05 sen 11:52
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston MTJ oktyabrda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
JCH-2022 saralash bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan milliy terma jamoamiz keyingi oyda ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Vakillarimiz dastlab 7 oktyabr kuni Toshkentda Eron terma jamoasi bilan kuch sinashishsa, 12 oktyabr safarda BAA milliy termasi mehmoni bo'lishadi.
Malumki, O'zbekiston - Eron o'rtoqlik uchrashuvi 7 sentyabrda bo'lib o'tishi lozim edi, biroq pandemiya sabab o'yin bir oy keyinga qoldirilgan. Tojikistonga qarshi bahsdan so'ng Vadim Abramov oktyabrda BAA bilan ham o'ynash rejamiz bor degandi. Demak, bu uchrashuv 12 oktyabrga belgilandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar