02 jan 15:08
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ Osiyo Kubogida qatnashish uchun BAAga etib bordi
O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari "O'zbekiston Havo yo'llari" milliy aviakompaniyasining 333-reysi bilan uchgan Boing-787 havo kemasida 3 soatu 15 daqiqa parvozdan so'ng Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga etib keldi.
Parvoz vaqtida havo kemasi komandiri Alisher Sultonov ushbu reysda futbol bo'yicha milliy terma jamoamiz azolari ham uchib ketishayotganini elon qilib, ekipaj azolari nomidan futbolchilarimizga Osiyo Kubogida omad tiladi.
Dubayda havo harorati 23-24 daraja issiq, futbol o'ynash uchun juda qulay ob-havo. Terma jamoamiz delegaciyasini OFK vakillari kutib olishdi. Futbolchilarimiz Dubay shahridagi "Roda Al Bustan" mehmonxonasiga joylashishdi.
Bugun kechqurun mahalliy vaqt bilan soat 18:00da terma jamoamiz azolari BAAdagi dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazishadi.
Fikrlar