So’nggi yangiliklar

19:02"ФИФА ўзини кулгига қолдирмоқда" - Лотар Маттеус 0 18:39Бадиий гимнастикачиларимизнинг кейинги манзили Италия бўлади 0 18:18Муҳим янгилик: Таэквондо бўйича Жаҳон рейтинги тўлиқ янгиланди 0 17:45Осиё чемпионати. Боксчиларимизда битта ғалаба ва битта мағлубият 0 17:11Эрон футбол федерацияси скриншот орқали АҚШ устидан кулди 0 16:30ММА бўйича дунёдаги энг кучли мамлакатлар рейтинги эълон қилинди. Ким биринчи? 0 15:58Австралиялик "нокаутчи" Теремоана Жуниорнинг кейинги жанги аниқ бўлди 0 15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0 14:57"Нима учун Трампдан ФИФАдан натижани бекор қилишни сўрамайсизлар?" 0 14:11Энтони Жошуа ҳар қандай рақибни йўқ қилмоқчи 0 13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0

01 noy 15:50
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston MTJ qachon yig'ilishi va qaysi payt Avstraliyaga ketishi haqida

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi noyabr oyida Avstraliyada yig'in o'tkazadi.

Ektor Kuperning terma jamoamiz rulidagi uchinchi yig'ini yashil qitada o'tadi. Mazkur yig'in doirasida terma jamoamiz avvaliga Livan, keyinchalik esa Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.

Malum bo'lishicha, O'zbekiston terma jamoasi uchinchi yig'inga tayyorgarlikni boshlash uchun 11 noyabr kuni Toshkentda yig'iladi. Aynan shu kuni poytaxtda yig'iladigan terma jamoamiz kechki payt Avstraliyaga uchib ketishi ko'zda tutilgan. O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi Toshkent-Seul-Brisben yo'nalishi bo'ylab Avstraliyaga uchishi rejalashtirilgan.

O'zbekiston terma jamoasi 11 noyabr kuni kechki payt soat 21:25da Toshkentdan Seulga chamasi 6 soatdan sal oshiqroq vaqt parvoz qiladi. Keyin esa Seuldan Brisbenga taxminan 9 soatdan sal ko'proq vaqt uchishadi va seshanba kuni, yani 13 noyabrda Avstraliyaning Brisben shahriga etib borishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida 15 noyabr kuni Livanga qarshi, 20 noyabrda esa Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik bellashuvlarida maydonga tushadi.

Ektor Kuper mazkur yig'inning kengaytirilgan tarkibida 30 nafar futbolchini chaqirishi kutilmoqda. Ammo hozircha Ektor Kuper boshchiligidagi murabbiylar shtabi uchinchi yig'inga jalb etiladigan tarkibni rasman malum qilgani yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing