So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

25 may 18:02
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston MTJning Turkiyaga qarshi o'yin uchun tarkibi qachon elon qilinadi?

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning iyun oyida 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Dastlab, 2 iyun kuni Alanya shahrida Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi, keyin esa 7 va 11 iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi bahs olib boriladi.

Mazkur o'rtoqlik o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoamiz 28 may kuni Toshkentda yig'inga kirishadi. Mazkur yig'inga jalb qilingan futbolchilar nomi Superliganing 10-turidan keyin 27 may dushanba kuni elon qilinadi. CHunki shanba va yakshanba kunlari bo'lib o'tadigan tur uchrashuvlarida milliy terma jamoaga nomzod bo'lgan futbolchilar jarohat olib qolishi va boshqa kutilmagan holatlar ro'y berishi mumkin. SHu sababli Ektor Kuper to'liq ro'yxatni elon qilish uchun Superliganing 10-turi yakuniga etishini kutishga qaror qildi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 28 may kuni Toshkentda boshlanadigan yig'in davomida "Sity Palace" mehmonxonasida joylashib, "Jar" stadionida mashg'ulot olib boradi. 31 may kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi delegaciyasi Toshkent-Istambul-Antaliya yo'nalishi bo'ylab Turkiyaga yo'l oladi. U erda 2 iyun kuni Alanya shahridagi "Alanya Stadium" o'yingohida Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkaziladi.

SHundan so'ng milliy terma jamoamiz azolari 3 iyun kuni yarim tunda Toshkentga qaytib kelib, yig'inni davom ettirishadi.

7 va 11 iyun kunlari Toshkentdagi "Milliy" stadionda KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari bo'lib o'tadi. 12 iyun kuni esa yig'in yakuniga etadi va terma jamoaga jalb qilingan futbolchilar o'z klublariga qo'yib yuboriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing