20 may 08:05
Yangiliklar
O'zbekiston Niderlandiya bilan o'rtoqlik o'yini uchun pul to'laydimi?
Ayrim manbalar va ijtimoiy tarmoqlarda mazkur uchrashuv uchun O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan Niderlandiya terma jamoasiga 300 ming dollar miqdorida mablag' to'lanishi haqida xabarlar tarqalmoqda.
O'zbekiston futbol associaciyasi matbuot xizmati ushbu malumotlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini malum qildi. Aytilishicha, mazkur o'rtoqlik uchrashuvi uchun Niderlandiya futbol federaciyasiga hech qanday mablag' to'lanmaydi.
Uchrashuvni tashkil etish bilan bog'liq stadion ijarasi, xavfsizlik, translyaciya hamda boshqa tashkiliy xarajatlar esa tomonlar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq teng taqsimlanadi.
Eslatib o'tamiz, Fabio Kannavaro qo'l ostidagi milliy jamoa 8 iyun kuni Nyu-Yorkdagi "Icahn Stadium"da Niderlandiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Fikrlar