11 noy 11:34
Yangiliklar
Xokkey
O'zbekiston ochiq chempionati. "Humo"dan navbatdagi yirik g'alaba
Toshkentning "Humo" xokkey klubi O'zbekiston ochiq chempionatida o'zining to'rtinchi o'yinini o'tkazdi.
Klub noyabr oyi hisobidan Bishkek shahridagi so'nggi o'yinida "Alga" jamoasi mehmoni bo'ldi. 9 noyabr kuni ikki jamoa o'rtasidagi ilk uchrashuvda "Humo" 14:1 hisobida zafar quchgandi.
Kecha bo'lib o'tgan ikkinchi o'yinda toshkentliklar 12:2 hisobida raqiblarini dog'da qoldirishdi.
SHunday qilib, "qanotlilar" yangi tashkil etilgan chempionatdagi to'rtinchi o'yinida ikkinchi g'alabasini nishonlashdi. Klubning keyingi o'yinlari Toshkentda o'tkaziladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar