03 jan 12:35
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Qatarga qarshi maydonga tushadi
Xabaringiz bor, 8 yanvardan Tailandda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati start oladi.
Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz bugun Osiyo chempionati oldidan yakuniy o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi. Terma jamoamizga Qatar olimpiya termasi raqiblik qiladi. Uchrashuv "Muangtong Yunayted" klubining uy stadioni sanaladigan "SCG Stadium" o'yingohida bo'lib o'tadi va soat 17:15 (Toshkent vaqti bilan 15:15)da start oladi.
Qatar bilan o'yindan keyin terma jamoamiz musobaqa doirasidagi ilk uchrashuvini o'tkazadigan Songxla shahriga yo'l oladi.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar