So’nggi yangiliklar

14:44Жорж Сент-Пьерр: "Чимаевни тўхтатиб бўлмайдиганга ўхшаяпти" 0 14:23"Барселона" ва ПСЖ УEФА томонидан муаммога учради. Нима бўлди? 0 14:01Мария Шарапова Уимблдон чемпионлги билан қайси ғалабасини тенг қўйиши мумкинлигини айтди 0 13:40Крис Вайдмен сафдан чиқди, Андерсон Сильвага янги рақиб берилди 0 13:19Қойил! Усик Энтони Жошуани Жейк Пол билан жангга тайёрлайди 0 12:58"Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади 0 12:37Камару Усман Фрэнсис Нганнуни ҳимоя қилди 0 12:16Умар Нурмагамедов қайтишга тайёр 0 11:55Бўйи энг паст жаҳоннинг собиқ 26-ракеткаси 32 ёшида фаолиятини якунлади 0 11:34Расман. "Бухоро" ва "Хоразм" плей-оффни сафарда ўтказади 0 11:13Дана Уайт Хасбикнинг UFC билан шартномаси борми деган саволга жавоб берди 0 10:52Abu Dhabi Grand Slam 2025 турнирида иштирок этувчи жамоамиз таркиби тасдиқланди 0 10:31Италия Дэвис Кубогидаги 24 йиллик рекордни такрорлади 0 10:10Бугун "Нефтчи" 24 йиллик танаффусдан сўнг Ўзбекистон чемпиони бўлиши мумкин 0 09:49Қизларимиз FIDE Жамоавий жаҳон чемпионатининг 1/4 финалида бошдан баланд сакрай олишмади 0

26 fev 13:13
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Ispaniyadagi yig'inni yakunlab, Turkiyaga etib bordi

Teglar :  O'zbekiston OTJ
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida o'quv mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Yig'in davomida futbolchilarimiz SHveycariyaning "Delemon" (2:2) va Gruziyaning "Lokomotiv" (3:2) jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishdi.

Lyubinko Drulovich shogirdlari kecha Ispaniyadagi yig'inni yakunlab, Turkiyaga etib borishdi. Endilikda vakillarimiz Turkiyada mashg'ulotlarni davom ettirishadi. Terma jamoamiz delegaciyasi "Limak Eurasia" mehmonxonasiga joylashgan.

Turkiyada Olimpiya terma jamoasi azolari nazorat o'yini o'tkazishi ham rejalashtirilgan. Jumladan, 27 fevral kuni futbolchilarimiz "Istambul Bashakshehir" klubining U-23 jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Turkiyadagi yig'in 3 mart kunigacha davom etadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi kelasi yil Tailandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Saralash bahslari shu yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda o'tkazilib, terma jamoamiz azolari Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing