06 iyu 10:39
Yangiliklar
Boks/MMA, Dzyudo, Taekvondo, SHaxmat, Sambo
O'zbekiston “Osiyo bolalari” o'yinlarida umumjamoada 1-o'rinni egalladi
O'zbekiston sport delegaciyasi Rossiya Federaciyasining Yakutsk shahrida poyoniga etayotgan “Osiyo bolalari” xalqaro sport o'yinlarida oltin medallar hisobida umumjamoada g'oliblikka erishdi.
Mamlakatimiz sportchilari 36 ta oltin, 31 ta kumush va 21 ta bronza, jami 88 ta medalga ega chiqqan holda umumjamoa hisobida g'oliblikka erishdi.
Ayniqsa, kurashchi yoshlarimizning 8 ta oltin, 1 ta kumush medalga sazovor bo'lishi, bokschilarimizning 7 ta oltin 7 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishi umumjamoadagi o'rnimizni eng yuqori pog'onaga chiqishida muhim omil bo'ldi, deyish mumkin.
Oltin medallar hisobida 31 ta oltin medal jamg'argan Rossiya Federaciyasining Sibir jamoasi 2-o'rindan joy egalladi.
O'yinlarning tantanali yopilish marosimi bugun, 6 iyul kuni tashkil etiladi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar